<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Pok imon berdi (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Dunyoni gunohin
 Olgan oʻziga
 U sodiq har bitta
 Aytgan soʻziga
 Azoblar koʻrinmay
 Aslo koʻziga
 Men uchun Rabbimiz
 Xochda jon berdi.
 Va qayta tirilib
 Pok imon berdi.

[V2]
 Gunohkor men edim
 U solih edi
 Qoʻliga qoqilgan
 Maxsus mix edi.
 Shuncha azobda ham
 U: &quot;Kechir...&quot; dedi
 Siz uchun Rabbimiz
 Xochda jon berdi
 Va qayta tirilib
 Pok imon berdi.

[V3]
 Barcha laʼnatni U
 Oʻziga oldi
 Otasin soʻziga
 U sodiq qoldi.
 Eng ogʻir jazoni
 Boshiga soldi
 Biz uchun Rabbimiz
 Xochda jon berdi.
 Va qayta tirilib
 Sof imon berdi.

[V4]
 Bugun men gunohdan
 Ozod bandaman,
 Xudoyim mehridan
 Men shod bandaman
 Rabbimsiz men asli
 Parokandaman
 Men uchun Rabbimiz
 Xochda jon berdi.
 Va qayta tirilib
 Sof imon berdi.

[V5]
 Mana men ne uchun
 Kuylayman Uni,
 Mana men ne uchun
 Sheʼrning tutquni.
 Ulugʻlansin Otam
 Har kun, har tuni
 Biz uchun Rabbimiz
 Xochda jon berdi
 Va qayta tirilib
 Bir imkon berdi.</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>